MakGregor: «Floydni MMAda 10 soniya ichida magʻlub etaman»
Konor Meyvezerni jangga chorladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images
37 yoshli irlandiyalik UFC yulduzi Konor Makgregor yana shov-shuvli bayonot berdi. U 48 yoshli mashhur bokschi Floyd Meyvezer bilan MMA qoidalari bo‘yicha revansh jang o‘tkazishga tayyor ekanini aytdi.
Makgregorning so‘zlariga ko‘ra, jang Oq uyda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan UFC turniri doirasida bo‘lishi mumkin.
«Meyvezer, qachon MMA bo‘yicha va’da qilingan jangga tayyor bo‘lsang, men shu yerdaman. Eshitishimcha, yozda Oq uyda qiziqarli turnir bo‘ladi. Maykl, hazillashyapman! Lekin xohlasam, ikkalangiz bilan ham bir kechada jang qilaman. Floydni esa MMAda 10 soniyada yengilgina yutaman», — deb yozdi Makgregor X (Twitter) sahifasida.
Nasrullo Karimov
Jurnalist