locale OZ

Mahoratli triatlonchilar Samarqandda bellashmoqda

Unda dunyoning 40 mamlakatidan 1450 nafardan ziyod atlet mahoratini ko‘rsatmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mahoratli triatlonchilar Samarqandda bellashmoqda
Фото: Спорт вазирлиги

Samarqand xalqaro turizm markazida triatlon bo‘yicha “Challenge Samarkand-2026” xalqaro sport festivali bo‘lib o‘tmoqda. Unda dunyoning 40 mamlakatidan 1450 nafardan ziyod atlet mahoratini ko‘rsatmoqda.

Kecha bo‘lib o‘tgan ayollar o‘rtasidagi bahslar 750 metr suzish, 19 kilometr velopoyga va 5 kilometr yugurish bosqichlaridan iborat bo‘lib, unda professional sportchilar bilan birga havaskorlar ham o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuvlar bugun professional sportchilarning 1,9 kilometr suzish, 88 kilometr velopoyga hamda 21,5 kilometr yugurish bosqichi bilan yakunlanadi. Havaskor triatlonchilar esa 750 metr suzish, 19 kilometr velopoyga va 5 kilometr yugurish bosqichlarini bosib o‘tishadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting