locale OZ

Mahmud Murodov bugungi jangidan so'ng nimalar dedi?

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mahmud Murodov bugungi jangidan so'ng nimalar dedi?
FOTO: Octagon MMA

O'zbekistonlik taniqli MMA jangchisi Mahmud Murodov bugun Oktagon 72 turnirida jang qilib, g'alaba qozondi.

Hamyurtimiz musobaqa doirasida chexiyalik Patrik Kinsllga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang to'liq davom etdi va yakunda Murodov hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozonib, Oktagon Interim kamarini qo'lga kiritdi.

Jangdan so'ng Murodov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Hammaga salom. Bir gap aytmoqchiman. Allohga shukr, barchaga rahmat. Bu kamarni birgalikda qo'lga kiritdik. Xudo hohlasa, ishlashda davom etamiz va bundan keyin kattaroq ligalarning kamarlarini qo'lga kiritamiz.

Barchaga rahmat. Kamar uyda. Jarohatlar yo'q. O'zimni yaxshi his qilyapman”, - deydi Murodov o'z Instagram sahifasida.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting