Maharashtra sohil Kurashi chempionati g‘oliblari aniqlandi
Maharashtra sohil Kurashi chempionati g‘oliblari aniqlandi
Hindistonning Maharashtra shtatida Kurashni yanada ommalashtirish va yoshlar o‘rtasida rivojlantirish maqsadida “Maharashtra State Beach Kurash Championship 2025–2026” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur chempionat Maharashtra shtati, Sangli tumanida tashkil etildi hamda unda shtat hududlaridan tashrif buyurgan 450 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi.
Musobaqa barcha vazn toifalarida o‘tkazilib, unda bolalar, o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida, o‘g‘il bolalar va qizlar bahs olib borishdi.
Qayd etish joizki, mazkur chempionat 2018 yildan buyon an’anaviy tarzda har yili o‘tkazib kelinmoqda bo‘lib, Kurash sport turining sohil yo‘nalishini Maharashtra hududida yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.