Magnus Karlsen rapid va blits boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etadi
Shaxmat bo‘yicha 16-jahon chempioni, norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsеn 2025 yilgi rapid va blits bo‘yicha jahon chempionatlarida ishtirok etadi. Bu haqda FIDE ma’lum bo‘ldi.
Magnus Karlsendan tashqari musobaqalarda Nodirbek Abdusattorov, Vasiliy Ivanchuk, Arjun Erigaisi, Shahriyar Mamedyarov, Uesli So, Yan Nepomnyashiy, Andrey Yesipenko, Daniil Dubov, Volodar Murzin, Fabiano Karuana, Vinsent Kaymer, Anish Giri, Gukesh Dommaraju va boshqa eng kuchli shaxmatchilar qatnashadi.
FIDEning rapid va blits bo‘yicha jahon chempionati 25–30 dekabr kunlari Qatarning Doha shahrida o‘tkaziladi. Mukofot jamg‘armasi 1 million yevrodan ortiq bo‘lib, u ochiq turnir va ayollar musobaqasi o‘rtasida taqsimlanadi.
Chempionat Dohada so‘nggi bor 2016 yilda o‘tkazilgan edi — o‘sha yili Vasiliy Ivanchuk rapidda, Sergey Karyakin esa blitsda jahon chempioni bo‘lgan edi.