locale OZ

Magnus Karlsen: Nodirbek hozirda dunyoning eng xavfli shaxmatchisi!

Dunyo reytingi yetakchisi Magnus Karlsen Nils Grandelius ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Magnus Karlsen: Nodirbek hozirda dunyoning eng xavfli shaxmatchisi!
photo: Chess Uzbekistan

Dunyo reytingi yetakchisi Magnus Karlsen Nils Grandelius ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Intervyuda u nafaqat o‘yin tahlili, balki o‘zbek shaxmatchilari haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Kechagi bahsda Magnus kutilmaganda "Benoni" debyutini tanladi. Jurnalistning 2000-yildagi o‘xshash partiya haqidagi savoliga Magnus qiziqarli xotira bilan javob berdi:

"Ha, o‘sha o‘yin esimda. Raqibim Peter Lund o‘shanda nafaqada edi va taksichilik qilib tirikchilik qilardi. Ota-onamning meni shaxmat klubiga olib borishga imkoni bo‘lmagan paytlarda, Peter meni olib borib, qaytarib olib kelardi. U o‘sha o‘yinda yutuqli pozitsiyaga chiqib olgani uchun juda xursand bo‘lganini eslayman"

Nodirbek Abdusattorovga qarshi bo'ladigan markaziy bahs haqida esa Magnus shunday dedi:

"Bu o‘yinga g‘alaba bilan yetib kelganimdan xursandman. Nodirbek, shubhasiz, so‘nggi oylarda dunyo shaxmatidagi eng xavfli o‘yinchi bo‘lib turibdi. Albatta, uning jamoadoshi Sindarov ham munosib raqobat ko‘rsatmoqda. Abdusattorov bilan o‘yin men uchun juda og‘ir sinov bo‘ladi"

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting