locale OZ

Magnus chempion bo‘lgan turnirida Abdusattorov nechinchi o‘rinni egalladi?

Zagrebdagi “Grand Chess Tour” bosqichida Nodirbek 18 ochko to‘plab, kuchli oltitalikka kirdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida “Grand Chess Tour” turkumiga kiruvchi nufuzli Superunited Rapid & Blitz Croatia turniri yakunlandi. Ushbu bosqichda dunyo shaxmat yulduzlari — Magnus Carlsen, Fabiano Caruana, Gukesh Dommaraju va boshqalar qatori Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etdi.

Musobaqa ikki qismdan — rapid va blitz bahslaridan iborat bo‘ldi. Umumiy mukofot jamg‘armasi 175 000 AQSH dollarini tashkil qildi.

Blitz natijalari:
Nodirbek 18 ta partiya o‘tkazib, 9 g‘alaba, 5 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etdi. 12 ochko to‘plab, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 3-o‘rinni egalladi. Uning natijasi Wesley So bilan teng bo‘ldi (12 ochko), ammo So ikkinchi o‘rinni oldi. G‘olib — Magnus Carlsen, 12,5 ochko bilan.

Nodirbek oxirgi kuni Carlsen, Dommaraju, Saric, Praggnaanandhaa va Anish Girini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

Jami hisob (rapid + blitz):
Afsuski, rapid bahslaridagi omadsiz ishtirok natijada o‘z aksini topdi. Abdusattorov umumiy 18 ochko bilan 6-o‘rinni band etdi. Duda va Firouzja hisobida 19 tadan ochko bor. Agar Nodirbek blitzning so‘nggi turida Alireza Firoujjani mag‘lub etganida, ular o‘rni almashishi mumkin edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting