Magnus Carlsenni mag'lub etgan o'zbekistonlik shaxmatchilar soni yana bir nafarga ko'paydi!


Har haftaning juma kuni o'tkaziladigan an'anaviy Freestyle Friday onlayn turnirida kecha bir qator hamyurtimiz ham ishtirok etdi. 18 yoshli grossmeysterimiz Islombek Sindarov ushbu musobaqada jahonnning eng kuchli shaxmatchisi, norvegiyalik Magnus Carlsenni mag'lub etdi. Qora donalarda o'ynaganiga qaramay, Islombek juda ta'sirli va strategiyaga boy o'yin ko'rsatdi. Shu bilan u Carlsenni mag'lub etgan o'zbekistonlik shaxmatchilar ro'yxatiga qo'shildi. Qizig'i, Islombek — Carlsenni avvalroq yutgan Javohir Sindarovning ukasi hisoblanadi. Endi Carlsen aka-ukalardan ketma-ket mag'lubiyat qabul qilganini unutmasa kerak.
Turnir natijalariga ko'ra:
• Magnus Carlsen 11 partiyadan 5,5 ochko to'plab, 56-o'rinni egalladi;
• Islombek Sindarov 6,5 ochko bilan 28-pog'onadan joy oldi;
• Javohir Bozorov va Saidakbar Saydaliev 7 ochkodan jamg'arib, mos ravishda 23 va 25-o'rinlarni egallashdi.
Turnir g'olibi — rossiyalik grossmeyster Denis Lazavik, u 11 partiyada 9 ochko to'plab, chempionlikni qo'lga kiritdi va 1000 dollarlik pul mukofotiga ega chiqdi. Shuningdek, 9 ochko jamg'argan Eytan Rozen va Marko Materia qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra kuchli uchlikni yakunlab berishdi.

Futbol
Kecha da 15:55

Futbol
Kecha da 13:50

Futbol
Kecha da 10:19