locale OZ

Madina Muxtorova o'zi o'rnatgan Jahon rekordini yangiladi

Madina Notvilldagi musobaqada 25.58 metr masofaga disk uloqtirib, Jahon rekordini yangilashning uddasidan chiqqan edi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Madina Muxtorova o'zi o'rnatgan Jahon rekordini yangiladi
Photo: Para Olimpiyada

Bugun Chexiyaning Olomouts shahrida para yengil atletika bo‘yicha ayollar xalqaro Gran-prisi bellashuvlari boshlandi.

Musobaqaning dastlabki kunida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Madina Muxtorova F40 klassidagi disk uloqtirish dasturi bahslarida ishtirok etdi. Quvonarlisi, yosh sportchimiz kattalar o'rtasidagi bellashuvlar davomida 25.71 metr natija qayd etdi va may oyida bo'lib o'tgan Notvill Gran-prisida o'zi o'rnatgan Jahon rekordini yangiladi! Shu bilan birga Muxtorova Olomouts Gran-prisining oltin medaliga ega chiqdi.

Madina Notvilldagi musobaqada 25.58 metr masofaga disk uloqtirib, Jahon rekordini yangilashning uddasidan chiqqan edi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting