locale OZ

Madina Muxtorova disk uloqtirish dasturi bahslarida Jahon rekordini yangiladi

Madina Notvill Gran-prisini 2 ta oltin medal bilan nihoyasiga yetkazdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Madina Muxtorova disk uloqtirish dasturi bahslarida Jahon rekordini yangiladi
Фото: UzA

Xabaringiz bor, shu kunlarda Notvill shahri (Shveysariya) para yengil atletika bo‘yicha xalqaro Gran-pri turniriga mezbonlik qilmoqda.

E’tiborlisi, bellashuvlar davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Madina Muxtorova F40 klassidagi disk uloqtirish dasturi bahslarida tarixiy natija muallifiga aylandi. Hamyurtimiz musobaqada 25.58 m natija qayd etib, raqiblarini ortda qoldirgan holda Jahon rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi!

Bunga qadar F40 klassidagi disk uloqtirish bahslarida eng yaxshi natija polshalik Renata Slivinskaga tegishli edi (25.19 m).

Shu tariqa, yosh va istiqbolli Madina Notvill Gran-prisini 2 ta oltin medal bilan nihoyasiga yetkazdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting