locale OZ

Lyuis Xemilton oʻz kartochkasining 1 million dollarga sotilishi haqida fikr bildirdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lyuis Xemilton oʻz kartochkasining 1 million dollarga sotilishi haqida fikr bildirdi
Lyuis Xemilton oʻz kartochkasining 1 million dollarga sotilishi haqida fikr bildirdi

«Ferrari» jamoasi va Formula-1ning yetti karra chempioni Lyuis Xemilton oʻzi tasvirlangan kolleksion kartochkalarga boʻlgan qiziqish haqida izoh berdi. 2023 yil dekabrida uning imzosi tushirilgan 2020 Topps Chrome F1 turkumidagi Superfractor kartochkasi 1 million dollardan ortiq narxda sotilgan edi.

The Athletic jurnaliga bergan intervyusida Xemilton bu voqeadan hayratga tushganini aytib oʻtdi: «Formula-1 tarixida kartochkasi million dollarga sotilgan ilk pilot boʻlish qanday ekan? Bu juda ham aqlbovarli emas. Bunday narsa sodir boʻlishi mumkinligini hech qachon oʻylamagandim. Endilikda bunday mahsulotlar narxi yanada oshib borishi mumkin, deb taxmin qilyapman».

Hozirda Xemilton 2025 yilgi pilotlar umumiy hisobida 31 ochko bilan yettinchi oʻrinda bormoqda. Jadvalda esa «MakLaren» piloti Oskar Piastri 99 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting