locale OZ

Lyuis Xemilton JCH-2026da kimni qo‘llab-quvvatlashini aytdi

Unda Braziliya fuqaroligi ham bor.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lyuis Xemilton JCH-2026da kimni qo‘llab-quvvatlashini aytdi
ФОТО: Getty images

«Ferrari» poygachisi britaniyalik Lyuis Hemilton futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatida kimga muxlislik qilishini aytdi.

«Angliyada ulg‘ayganimda Braziliyaning o‘yinini tomosha qilishni juda yaxshi ko‘rardim. Rostini aytsam, Braziliya har doim mening sevimli jamoam bo‘lgan.

Ular juda zo‘r edi. Men uchun Braziliya Angliya bilan bir qatorda turadi. Men shunchaki ularning qayerdan kelib chiqqanini qadrlayman: ko‘plab futbolchilar yalangoyoq o‘ynagan ko‘chalardan chiqqan. Braziliya madaniyatida haqiqatan ham o‘zgacha narsa bor», — deya Hemiltonning so‘zlaridan iqtibos keltiradi ESPN nashri.

2022 yil noyabr oyida Hemilton mamlakat bilan chuqur aloqasi, Ayrton Sennaga bo‘lgan hayrati hamda xilma-xillik va inson huquqlarini faol himoya qilgani e’tirofi sifatida Braziliyaning faxriy fuqarosi bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting