locale OZ

Luis Mejía Oviedo: «Kurashning 2030 yilgi o‘yinlar dasturiga kiritilish imkoniyati yuqori»

Joriy yilda XXV Markaziy Amerika va Karib dengizi o‘yinlari 24-iyuldan 8-avgustga qadar Dominikan Respublikasining Santo Domingo shahrida bo‘lib o‘tmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luis Mejía Oviedo: «Kurashning 2030 yilgi o‘yinlar dasturiga kiritilish imkoniyati yuqori»
photo: Kurash Uzbekistan

Luis Mejía Oviedo: “Kurashning 2030 yilgi o‘yinlar dasturiga kiritilish imkoniyati yuqori”

Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Ziyoviddin Xodjiniyazov Santo Domingo shahrida Markaziy Amerika va Karib dengizi sport tashkiloti – Centro Caribe Sports Prezidenti Luis Mejía Oviedo bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

1924-yilda tashkil etilgan Centro Caribe Sports bugungi kunda Markaziy Amerika va Karib dengizi mintaqasidagi 35 ta mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitasini birlashtiruvchi nufuzli sport tashkiloti hisoblanadi. Tashkilot tomonidan ilk Markaziy Amerika va Karib dengizi o‘yinlari 1926-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu musobaqalar dunyodagi eng qadimiy mintaqaviy kompleks sport o‘yinlaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

Joriy yilda XXV Markaziy Amerika va Karib dengizi o‘yinlari 24-iyuldan 8-avgustga qadar Dominikan Respublikasining Santo Domingo shahrida bo‘lib o‘tmoqda. O‘yinlar doirasida Panamerika Kurash chempionati ham tashkil etilib, Kurash sportining xalqaro salohiyati hamda yirik kompleks sport musobaqalariga tayyorligini namoyish etuvchi muhim taqdimot maydoniga aylandi.

Uchrashuv davomida Luis Mejía Oviedo Kurash sportining Panamerika mintaqasida jadal rivojlanayotganini alohida e’tirof etdi. U Panamerika Kurash chempionati va uning doirasida tashkil etilgan xalqaro seminarlar yuksak tashkiliy saviyada o‘tkazilganini ta’kidlab, ushbu tadbirlar Kurashning yirik kompleks sport o‘yinlari dasturidan o‘rin olish salohiyatini yaqqol namoyon etganini qayd etdi.

Tomonlar, shuningdek, 2030-yilda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Amerika va Karib dengizi o‘yinlari dasturiga Kurashni rasman kiritish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.

Luis Mejía Oviedoning ta’kidlashicha, 2030 yilgi o‘yinlar dasturi yuzasidan muhokamalar hali davom etmoqda va Kurashning rasmiy sport turi sifatida dasturga kiritilish imkoniyati yuqori. U Kurashning xalqaro miqyosdagi taraqqiyoti, zamonaviy boshqaruv tizimi hamda mintaqadagi ommalashuv sur’atlarini yuksak baholadi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Kurash sportini Markaziy Amerika va Karib dengizi mintaqasida yanada rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda sport turining yirik kompleks o‘yinlar dasturidan munosib o‘rin egallashiga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.

Uchrashuvda Panamerika Kurash Ittifoqi Prezidenti Jaime Casanova, O‘zbekiston Kurash federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Kadirov hamda rais yordamchisi Sardorbek Karimov ham ishtirok etdilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting