locale OZ

Lozannada tarixiy «Grand Slam»: Azizjon Kamilov XOQ faxriy prezidenti Tomas Bax bilan uchrashdi

Jahon olimpiya poytaxti — Shveytsariyaning Lozanna shahri dzyudo bo‘yicha nufuzli "Grand Slam" turkumiga kiruvchi turnirga mezbonlik qilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lozannada tarixiy «Grand Slam»: Azizjon Kamilov XOQ faxriy prezidenti Tomas Bax bilan uchrashdi
photo: Judo Uzbekistan

Lozannada tarixiy «Grand Slam»: Azizjon Kamilov XOQ faxriy prezidenti Tomas Bax bilan uchrashdi

Jahon olimpiya poytaxti — Shveytsariyaning Lozanna shahri dzyudo bo‘yicha nufuzli "Grand Slam" turkumiga kiruvchi turnirga mezbonlik qilmoqda.

Mazkur nufuzli musobaqa rekord darajadagi ishtirokchilarni jamladi: "Vaudoise" arenasida 77 mamlakatdan kelgan sportchilar medallar uchun kurash olib bormoqda. Tadbirning ko‘lami va o‘ziga xos formati jahon sport hamjamiyati yetakchilarining misli ko‘rilmagan e’tiborini tortdi.

Ushbu sport forumida respublikamiz rasmiy delegatsiyasiga O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Ijroiya qo‘mitasi a’zosi, Osiyo dzyudo ittifoqi vitse-prezidenti Azizjon Kamilov boshchilik qilmoqda.

Musobaqa dasturi doirasida Azizjon Kamilovning Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) faxriy prezidenti Tomas Bax bilan muhim ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Konstruktiv muloqot davomida tomonlar jahon dzyudosini rivojlantirishning global yo‘nalishlari, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro olimpiya institutlari bilan hamkorligini mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildilar.

Tomas Bax mamlakatimizga bo‘lgan yuksak hurmatini izhor etib, O‘zbekistonga nisbatan iliq munosabatda ekanligi va respublikamizga yana tashrif buyurish istagini alohida ta’kidladi. XOQ faxriy prezidenti mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga juda yuqori baho berdi. U bunday natijalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning sport sohasiga qaratayotgan e’tibori va ko‘rsatayotgan ulkan ko‘magi tufayli erishilganini alohida qayd etdi. Aynan shu uzoq muddatli davlat strategiyasi tufayli O‘zbekiston jahon sportining yetakchi markazlaridan biri sifatidagi maqomini mustahkamlab oldi.

Federatsiyamiz rahbariyatining bunday yuqori darajadagi tadbirlarda ishtirok etishi milliy dzyudo maktabimiz uchun yangi ufqlarni ochadi va yangi olimpiya sikli arafasida mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlaydi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting