Los-Anjeles–2028 Olimpiya o‘yinlari uchun hakamlar va rasmiy shaxslar tarkibi tasdiqlandi
Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI) Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan 2028-yilgi Olimpiya o‘yinlarida ot sporti bo‘yicha musobaqalarda faoliyat olib boradigan rasmiy shaxslar tarkibini tasdiqladi. Ushbu ro‘yxatga Olimpiya o‘yinlari davomida turli ot sporti yo‘nalishlarida muhim vazifalarni bajaradigan mutaxassislar kiritilgan.
Ot sportining to’siqdan sakrash (konkur) yo‘nalishida texnik delegat etib Gregori Bodo tayinlandi. U avvalroq Parij Olimpiadasida marshrut dizaynerlaridan biri sifatida faoliyat yuritgan. Los-Anjeles–2028 Olimpiya o‘yinlarida konkur bo‘yicha marshrutlarni Alan Ueyd ishlab chiqadi.
FEI shuningdek, boshqa muhim lavozimlar bo‘yicha ham tayinlovlarni e’lon qildi.
Ot sportining uchkurash (troyeborya) yo‘nalishida texnik delegat etib AQSH vakili Endryu Temkin tasdiqlandi. U sportchi sifatida faoliyatini yakunlaganidan so‘ng xalqaro musobaqalarda texnik delegat sifatida faol ishlagan tajribali mutaxassis hisoblanadi.
Mazkur yo‘nalishda kross-dizayner sifatida Aleks Loxor tasdiqlandi.
Los-Anjeles–2028 Olimpiya o‘yinlarida veterinariya nazoratini ta’minlash maqsadida Buyuk Britaniya vakili Mark J. A. Sinnott xorijiy veterinariya delegati etib tayinlandi. U 2001-yildan buyon FEI’ning 4-darajali veterinari bo‘lib, avvalgi Olimpiya o‘yinlarida ham ishtirok etgan tajribali mutaxassis hisoblanadi.
Ot yo’rttirish va Para-ot yo’rttirish yo‘nalishida texnik delegat vazifasini Portugaliya vakili Karlos Lopes bajardi. U FEI’ning 4-darajali hakami bo‘lib, yurter va para-yurter yo‘nalishlarida xalqaro tajribaga ega.
Mazkur tayinlovlar Los-Anjeles–2028 Olimpiya o‘yinlari doirasida ot sporti musobaqalarini yuqori tashkiliy va professional darajada o‘tkazishga qaratilgan.