locale OZ

Los-Anjeles-2028: Toshkent ogʻir atletika boʻyicha litsenzion turnirga mezbonlik qiladi

Bellashuvlar “Olimpiya shaharchasi”da tashkil etilishi kutilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Los-Anjeles-2028: Toshkent ogʻir atletika boʻyicha litsenzion turnirga mezbonlik qiladi
Фото: Olympic.uz

Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi (IWF) Ijroiya qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi litsenzion musobaqalarga mezbon davlatlar aniqlab olindi.

Quvonarlisi, poytaxtimiz Toshkent shahri 2027-yil oʻtkaziladigan jahon litsenzion turnirini oʻtkazish huquqini qoʻlga kiritdi.

Bu boʻlajak Olimpiadaga yoʻllanma beruvchi 5 musobaqadan biri boʻlib, unda dunyoning eng kuchli atletlari jam boʻladi. Bellashuvlar “Olimpiya shaharchasi”da tashkil etilishi kutilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting