locale OZ

Los-Anjeles-2028: doping profilaktikasi bo‘yicha ishlar jadallik bilan olib borilmoqda

Alohida e’tibor dopingga qarshi kurash masalasiga qaratildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Los-Anjeles-2028: doping profilaktikasi bo‘yicha ishlar jadallik bilan olib borilmoqda
Фото: Olympic.uz

Milliy terma jamoalar sportchilari bilan dopingga qarshi profilaktik tadbirlar muntazam o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga, sportchilarning antidoping qoidalariga qat’iy rioya qilishi ustidan samarali nazorat yo‘lga qo‘yilgan. 2025 yil 8 iyul sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan PQ-221-sonli qaror mamlakat sport hayotida muhim bosqichni belgilab berdi. Mazkur hujjat 2028 yilda AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan XVIII yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini har tomonlama tayyorlashni nazarda tutadi.

Alohida e’tibor dopingga qarshi kurash masalasiga qaratildi. Qarorga muvofiq, milliy terma jamoalar sportchilari bilan dopingga qarshi profilaktik tadbirlar muntazam o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga, sportchilarning antidoping qoidalariga qat’iy rioya qilishi ustidan samarali nazorat yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan bu boradagi ishlar boshlandi. Agentlik mutaxassislari har bir terma jamoa sportchisi bilan individual tarzda suhbatlar o‘tkazib, ularning dopingga qarshi kurash borasidagi bilim va xabardorlik darajasini oshirish, shuningdek, sport axloqi va halollik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot ishlarini olib bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting