Litvada Kurashni keng ommalashtirish va xalqaro musobaqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi
Litvada Kurashni keng ommalashtirish va xalqaro musobaqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
2026 yil 20 mart kuni Latviya poytaxti Riga shahrida Litva Kurash federatsiyasi Prezidenti Aleksandr Pavlov va Federatsiya vitse-prezidenti Vladimirac Mataytisning O‘zbekiston Respublikasining Latviyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Timur Rahmonov hamda O‘zbekistonning Latviyadagi Faxriy konsuli Vladimir Galperin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Litva va Boltiqbo‘yi davlatlarida kurashni tizimli asosda rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, sport infratuzilmasini bosqichma-bosqich takomillashtirish hamda ushbu qadimiy sport turining xalqaro nufuzini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi mazkur muloqot natijalarini yuksak baholaydi hamda Litvada kurashni strategik asosda rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi. Yaqin istiqbolda mamlakatda milliy chempionatlar va xalqaro musobaqalarni muntazam tashkil etish, shuningdek, kurashni barcha hududlarda keng ommalashtirish orqali yoshlarni ushbu sport turiga keng jalb etish ustuvor vazifalardan hisoblanadi.