locale OZ

Lebron Jeyms faoliyatidagi 2000-oʻyinini oʻtkazdi

Jeyms 2003 yilda “Klivlend Kavalers” klubida professional faoliyatini boshlagan
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lebron Jeyms faoliyatidagi 2000-oʻyinini oʻtkazdi
ФОТО: Getty images

Milliy basketbol assotsiatsiyasi (NBA) pley-offining ikkinchi bosqichida “Los-Anjeles Leykers” va “Oklahoma-Siti Thunder” jamoalari toʻqnash keldi.

Qayd etilishicha, “Leykers”ning forvardi Lebron Jeyms uchun bu uchrashuv faoliyatidagi 2000-oʻyini boʻldi.

Jeyms 2003 yilda “Klivlend Kavalers” klubida professional faoliyatini boshlagan — bu jamoa uchun u 1001 ta oʻyinda ishtirok etgan.

“Los-Anjeles Leykers”da Lebron 546 ta oʻyin oʻtkazgan, “Mayami Xit”da — 381 ta, AQSh terma jamoasi safida esa 49 ta uchrashuvda qatnashgan va 23 marta Barcha yulduzlar uchrashuvida ishtirok etgan.

Lebron Jeyms NBAdagi 23-mavsumini oʻtkazmoqda. U NBAda eng koʻp ochko toʻplagan va eng koʻp mavsum oʻtkazgan rekordchi hisoblanadi.
2020 yilda Jeyms “Leykers” bilan NBA chempionligini qoʻlga kiritib, finalda “Mayami”ni 4−2 hisobida magʻlub etgan.

Joriy mavsumdan soʻng Jeymsning “Leykers” bilan shartnomasi tugaydi va erkin agentga aylanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting