locale OZ

Lebron Jeyms aprel oyi oxirida faoliyatini yakunlashi mumkin — manba

41 yoshli basketbolchi NBA'ning toʻrt karra chempioni hisoblanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lebron Jeyms aprel oyi oxirida faoliyatini yakunlashi mumkin — manba
FOTO: Getty Images

Milliy Basketbol Assotsiatsiyasining (NBA) to‘rt karra chempioni, «Los-Anjeles Leykers» klubining 41 yoshli amerikalik yengil forvardi Lebron Jeyms professional faoliyatini yakunlashini shu yilning aprel oyi oxirida e’lon qilishi mumkin.

«O‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan Semafor World Economy konferensiyasida Maverik Karter texnologiya va media sohasidagi o‘zgarishlar Jeymsga faoliyatini tugatganidan keyingi qadamlari borasida ma’lum bir harakat erkinligini berishini ta’kidladi.

Agar «Leykers» NBA pley-off bosqichining birinchi raundida «Xyuston Rokets»ga imkoniyatni boy bersa, bu holat shu oyning oxirida yoki kelasi mavsumdan so‘ng yuz berishi mumkin», — deb yozadi Semafor portali sharhlovchisi Maks Tani.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting