locale OZ

Layloxon Sobirova va Mushtariy Tolipbekova – Osiyo chempionati bronza medali sohibalari

U23 yoshlar o‘rtasidagi bahslarda ikki nafar o‘zbekistonlik kurashchi qiz shohsupaga ko‘tarildi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Vyetnamning Vungtau shahrida sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar (U17) va yoshlar (U23) o‘rtasidagi Osiyo chempionati qizg‘in pallaga kirdi. Kecha musobaqada ayollar o‘rtasidagi kurash bahslariga start berildi.

U23 toifasidagi birinchi kungi bellashuvlar yurtdoshlarimiz uchun omadli yakunlandi. Terma jamoamiz a’zolaridan Mushtariy Tolipbekova (50 kg) va Layloxon Sobirova (vazni ko‘rsatilmagan) bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Firuza Yesenbayeva (68 kg) bronza medali uchun bo‘lgan bahsda qirg‘izistonlik Gulnura Tashtanbekovaga imkoniyatni boy berib, shohsupadan chetda qoldi.

Bugun musobaqada qolgan vazn toifalarida ham medallar uchun kurash davom etmoqda. Terma jamoamiz a’zolariga omad tilaymiz!

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting