locale OZ

Lausanne Grand Slam 2026. Terma jamoamiz 5 ta medal bilan 77 davlat orasida 6-o‘rinni egalladi

Shveysariyaning Lozanna shahri mezbonlik qilgan "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir o‘z yakuniga yetdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lausanne Grand Slam 2026. Terma jamoamiz 5 ta medal bilan 77 davlat orasida 6-o‘rinni egalladi
photo: Judo Uzbekistan

Lausanne Grand Slam 2026. Terma jamoamiz 5 ta medal bilan 77 davlat orasida 6-o‘rinni egalladi

Shveysariyaning Lozanna shahri mezbonlik qilgan "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir o‘z yakuniga yetdi.

Uch kunlik murosasiz bellashuvlar yakuniga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan dunyoning 77 davlati orasida Top-6'talikdan joy oldi. Musobaqaning so‘nggi kuni jamoamiz uchun muvaffaqiyatli keldi. -90 kg vazn toifasidagi bellashuvlar dzyudochilarimiz benefisiga aylanib ketdi.

Umar Bozorov sharafiga Shveysariya zaminida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi. Bozorov faoliyatidagi uchinchi Grand Slam medalini qo‘lga kiritdi. U shu kungacha Tbilisi Grand Slam 2025'da oltin, Ulanbator 2025'da kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.

Lausanne Grand Slam 2026 g‘olib va sovrindorlarimiz:

Oltin medal
-90 kg: Umar Bozorov

Kumush medallar
-81 kg: Arslonbek Tojiyev
-90 kg: Nurbek Murtazoyev

Bronza medallar
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting