locale OZ

LA-2028. Para kamondan otish bahslariga sog'lomlashtirish markazi mezbon bo'ladi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
LA-2028. Para kamondan otish bahslariga sog'lomlashtirish markazi mezbon bo'ladi
PHOTO: Telegram

Los-Anjeles-2028 XVIII yozgi Paralimpiya o'yinlarining sport inshootlari bilan tanishtirishda davom etamiz.

Navbat para kamondan otish bo'yicha musobaqalarni o'zida qabul qiluvchi "Dignity Health Sports Park" majmuasiga. "Dignity Health Sports Park" — Kaliforniya shtatining Karson shahridagi Kaliforniya universiteti kampusida joylashgan ko'p funksiyali sport inshooti. Majmua 27 000 oʻrinli futbol stadioni, tennis korti, yengil atletika inshooti va velodromdan iborat. Uning asosiy foydalanuvchisi "LA Galaxy" futbol klubi hisoblanadi.

Kompleks 2003-yilda ochilgan va uning qiymati 150 million dollar. Futbol stadionidan tashqari, "Dignity Health Sports Park"da 2450 oʻrinli velodrom, 8000 oʻrinli tennis korti va 2000 dan 20 000 nafargacha muxlisni o'zida qabul qilishi mumkin boʻlgan ochiq yengil atletika inshooti mavjud.

Boshqaruv kengashining ma'lum qilishicha, Karsondagi futbolga ixtisoslashgan mashg'ulotlar maydoni Los-Anjeles-2028 o'yinlari paytida para kamondan otish musobaqalari uchun moslashtiriladi. Shuningdek, mazkur manzilda Paralimpiya o'yinlarining yana bir sport turi bo'yicha bahslari tashkil etiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting