LA-2028: Tashkiliy qo'mita sport turlari jadvali va arenalarni e'lon qildi
2028 yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi musobaqalar jadvali va har bir sport turi o‘tkaziladigan arenalar ro‘yxatini e’lon qildi.
O‘yinlarning rasmiy ochilish marosimi 14 iyulga belgilangan. Biroq ayrim sport turlari bo‘yicha saralash bahslari 12 iyuldan boshlanadi. Mazkur marosim maxsus qurilgan “2028 stadioni”da o‘tkaziladi. Undan so‘ng bu stadion bir hafta davomida suzish musobaqalari uchun moslashtiriladi.
Dastlabki medallar 15 iyul kuni triatlon, yengil atletika, slalomda eshkak eshish, qilichbozlik, dzyudo, regbi-7 va o‘q otish kabi sport turlari bo‘yicha qo‘lga kiritiladi.
Yopilish marosimi 30 iyulda belgilangan. O‘sha kuni marafon, basketbol, boks, velotrack, suzish, voleybol va kurash bo‘yicha final bahslari tashkil etiladi.
Tantanali yopilish marosimi “LA Memorial Coliseum”da bo‘lib o‘tadi.