Kutilmagan natijalar Oʻzbekiston Oliy shaxmat ligasining chorak finallarida
Oʻzbekiston Oliy shaxmat ligasining chorak final janglari yakunlandi va yarim finalga chiqadigan ishtirokchilar aniqlandi. Turnirda erkaklar va ayollar guruhlarida koʻplab syurprizlar kuzatildi.
Erkaklar bahslari
– Asosiy sensatsiya turnir favoritlaridan biri, xalqaro grossmeyster Shamsiddin Vohidovning magʻlub boʻlishi boʻldi. U yosh, lekin istiqbolli shaxmatchi Muhammadzohid Suyarovga 2:4 hisobida yutqazdi.
– Ortik Nigmatov Jahongir Vohidovni 2,5:1,5 hisobida magʻlub etdi.
– Muxiddin Madaminov Abdimalik Abdisalimovni 2:0 hisobida ishonchli yengdi.
– Nodirbek Yaqubboev Xumoyun Begmurodovni 3:1 hisobida magʻlub etib, yarim finalga yoʻl oldi.
Ayollar bahslari
– Tajribali Nodira Nodirjonova kuchli shaxmatchi Nilufar Yaqubbevani 1,5:0,5 hisobida gʻalaba qozonadi va katta syurpriz qildi.
– Afruza Hamdamova Madinabonu Halilovani 1,5:0,5 hisobida yengdi.
– Umida Omonova Nilufarxon Imomxoʻjayeani 1,5:0,5 hisobida magʻlub etdi.
– Marjona Malikova Ozoda Shahzodovaga 1,5:0,5 hisobida ustun keldi.
Oliy liga–2025 chorak final natijalari
Erkaklar
Shamsiddin Vohidov 2:4 Muhammadzohid Suyarov
Muxiddin Madaminov 2:0 Abdimalik Abdisalimov
Nodirbek Yaqubboev 3:1 Xumoyun Begmurodov
Jahongir Vohidov 1,5:2,5 Ortik Nigmatov
Ayollar
Afruza Hamdamova 1,5:0,5 Madinabonu Halilova
Nilufar Yaqubbeva 0,5:1,5 Nodira Nodirjonova
Umida Omonova 1,5:0,5 Nilufarxon Imomxoʻjayeva
Ozoda Shahzodova 0,5:1,5 Marjona Malikova