locale OZ

Kurashda sport tibbiyoti va antidoping masalalari muhokama qilindi

24 yanvar kuni Xalqaro kurash instituti tashabbusi bilan kurashchilar salomatligini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan xalqaro onlayn o‘quv-seminar tashkil etildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurashda sport tibbiyoti va antidoping masalalari muhokama qilindi
photo: Kurash Uzbekistan

Kurashda sport tibbiyoti va antidoping masalalari muhokama qilindi.

Bugun, 24 yanvar kuni Xalqaro kurash instituti tashabbusi bilan kurashchilar salomatligini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan xalqaro onlayn o‘quv-seminar tashkil etildi.

«Kurashda antidoping qoidalari va muhim ko‘rsatmalar, sport jarohatlari va sport tibbiyoti» mavzusiga bag‘ishlangan mazkur tadbirda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) Prezidenti janob Haydar Farmon, Xalqaro kurash instituti rektori, IKA Ta’lim qo‘mitasi raisi Habibulla Tadjiyev, IKA Bosh kotibi Rizo Nassiri, IKA Administratsiya rahbari Mansur Mirzayev, shuningdek, jahon kurash federatsiyalaridan yuzdan ortiq mutaxassislar, malakali murabbiylar, hakamlar hamda sport tibbiyoti sohasi ekspertlari ishtirok etdilar.

ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan seminar mashg‘ulotlarida sportda halollik tamoyillarini mustahkamlash, antidoping talablariga qat’iy rioya etish hamda zamonaviy sport tibbiyoti yutuqlarini kurash amaliyotiga joriy etish masalalari asosiy e’tibor markazida bo‘ldi.

Xalqaro kurash instituti eksperti, doktor Santosh Teli (Hindiston) o‘z ma’ruzasida Butunjahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan 2026 yil uchun tasdiqlangan yangi reglamentlar, taqiqlangan moddalar ro‘yxatidagi yangiliklar hamda sportchilar o‘rtasida antidoping madaniyatini yuksaltirishning dolzarb jihatlariga atroflicha to‘xtaldi. Shuningdek, xalqaro musobaqalarda antidoping nazoratidan o‘tishning huquqiy va tashkiliy asoslari batafsil tushuntirildi.

Professional sport tibbiyoti eksperti, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi huzuridagi RSTIAM shifokori Antoni Malkov esa kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi jarayonida jarohat olish xavfini minimallashtirish, ayniqsa tizza va yelka bo‘g‘imlari bilan bog‘liq spetsifik jarohatlarning oldini olish, shuningdek, zamonaviy reabilitatsiya usullari bo‘yicha o‘z ilg‘or tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting