Kurashchilarimiz Osiyo chempionatida yana 5 ta medal bilan faxrlanishdi
U17 toifasida ishtirok etgan sportchilarimiz 1 ta oltin va 4 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
Vyetnamda bo‘lib o‘tayotgan U17 yosh toifasidagi Osiyo chempionati yakunlanish arafasida. Musobaqaning so‘nggi kunlaridan birida O‘zbekiston terma jamoasi yana 5 ta medalni o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi.
Bu galgi bellashuvlarda hamyurtlarimiz 1 ta oltin va 4 ta bronza medalga sazovor bo‘lishdi.
Oltin medal:
– 80 kg: Bunyod Rufatov
Bronza medallari:
– 65 kg: Shohiddin Aliyev
– 71 kg: Farruxbek Jumanazarov
– 43 kg: Muxlisa Masharipova
– 73 kg: Dilrabot Do‘llieva
Shu bilan terma jamoamiz musobaqadagi medallar sonini yanada oshirdi va muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda.
Bakradze Iman
Redaktor