locale OZ

Kurashchi Bunyod Hasanov U17 dunyo birinchiligida ikki karra chempionlikni qoʻlga kiritdi

Turnirga Boku shahri mezbonlik qilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurashchi Bunyod Hasanov U17 dunyo birinchiligida ikki karra chempionlikni qoʻlga kiritdi
Фото: Olympic.uz

Boku shahri mezbonlik qilayotgan sport kurashlari boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida yunon-rum kurashi bahslari oʻz yakuniga yetdi.

-51 kg vazn toifasida kurashgan polvonimiz Bunyod Hasanov ikkinchi bor ushbu yosh toifasida jahon chempionligiga sazovor boʻldi. Shuningdek, Sadriddin Toʻlqinboyev (-60 kg) bronza medali bilan taqdirlandi.

Oltin medal:
-51 kg: Bunyod Hasanov

Bronza medal:
-60 kg: Sadriddin Toʻlqinboyev

Bugun kun davomida qizlarimizdan 5 nafar kurashchimiz saralash bahslarida ishtirok etadi. Shuningdek, Muxlisa Masharipova chempionlik, Shahzoda Azimova esa bronza medali uchun oʻtish bosqichida ishtirok etadi.

Final:
-43 kg: Muxlisa Masharipova – Finya Strasx (Germaniya)

Bronza medali uchun:
-65 kg: Shahzoda Azimova / Irina Buxtina (Ukraina) – Palina Braxinets (Belarus).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting