locale OZ

Kurash yulduzlari Parijda bellashadi

Boshqa sport turlari
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Kurash yulduzlari Parijda bellashadi
Photo: gettyimages

2025-yilning 21-23-iyul kunlari jahon madaniyati markazi – Parij shahrida kurash bo'yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun ochiq xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa Yevropa kurash konfederatsiyasi, Fransiya kurash federatsiyasi va O‘zbekiston kurash federatsiyalari bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. O‘tgan yili Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilgan Parij bu safar kurash yulduzlarini o‘z safiga to‘playdi. Turnir nafaqat musobaqalar maydoniga, balki xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro hurmat va hamkorlik timsoliga aylanib bormoqda.

Har yili ananaviy tarzda o'tkazilayotgan ushbu ochiq xalqaro turnirda erkaklar -90 kg, +90 kg; ayollar esa -70 kg, +70 kg vazn toifalarida o'zaro bellashadilar.

Xalqaro turnir Parij shahrining “Emil Anthoine Stadium” sport majmuasida bo'lib o'tadi.

Mukofot fondi 30 000 yevroni tashkil qiladi va o'rinlar miqyosida Xalqaro kurash assotsiatsiyasi reyting tizimida ball beriladi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting