Kurash. Yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida milliy chempionatlar avjida
Sentyabr oyi kurash sporti uchun ayniqsa musobaqalarga boy davr hisoblanadi. Ana shu oyda dunyo bo‘ylab milliy federatsiyalar yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida mamlakat chempionatlarini yuqori saviyada tashkil etmoqda.
Sentyabrning dastlabki kunlari Tailand Kurash assotsiatsiyasi Sukhothai provinsiyasida yoshlar o‘rtasida mamlakat birinchiligini o‘tkazdi. Musobaqa 300 nafardan ortiq iqtidorli yosh kurashchilarning mahoratini sinovdan o‘tkazish maydoniga aylandi.
Hindiston Kurash assotsiatsiyasi ham yoshlar milliy chempionatiga mezbonlik qildi. Raipur shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada mamlakatning 24 shtatidagi 669 nafar yosh kurashchi bellashdi.
Ayni paytda esa O‘zbekiston Kurash federatsiyasi Namangan shahrida kichik o‘smirlar (U13) o‘rtasida mamlakat chempionatini o‘tkazmoqda. Musobaqada mamlakatning barcha hududidan 659 nafar yosh sportchi g‘oliblik uchun gilamga chiqmoqda.
Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi yoshlar, o‘smirlar va bolalar o‘rtasidagi milliy chempionatlarni tashkil etish va qo‘llab-quvvatlashni doimo muhim vazifa sifatida ko‘radi. Bu boradagi tashabbuslar, avvalo, yosh avlodning sog‘lom turmush tarzini ta’minlashga, qolaversa, kurash sportining yanada ommalashishi va kelajakda yangi chemionlarni yetishib chiqishiga xizmat qiladi.