locale OZ

Kurash. XV Osiyo chempionatining ikkinchi kun bahslariga start berildi

Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida o‘tayotgan kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi XV Osiyo chempionatining ikkinchi kun bellashuvlariga start berildi.
Boshqa sport turlari
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Kurash. XV Osiyo chempionatining ikkinchi kun bahslariga start berildi
photo: Kurash Uzbekistan

Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida o‘tayotgan kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi XV Osiyo chempionatining ikkinchi kun bellashuvlariga start berildi.
Bugun kurash gilamiga Osiyoning va dunyoning eng kuchli polvonlari chiqadi. Chempionatning hal qiluvchi kunida muxlislarni qizg‘in, shiddatli va murosasiz bellashuvlar kutmoqda.

Kun dasturiga muvofiq, erkaklar o‘rtasida -90 kg, -100 kg, -120 kg va +120 kg, ayollar o‘rtasida esa -48 kg, -52 kg, -57 kg va -63 kg vazn toifalarida medallar uchun bahslar bo‘lib o‘tadi.

Bugungi bahslarda jahon chempionlari Sherali Jo‘rayev, Jamshid Mamatmurodov, Hilola Ortiqboyeva, shuningdek, Osiyo chempionlari va xalqaro musobaqalar g‘oliblari safidan joy olgan bir qator mashhur polvonlar ishtirok etmoqda. Ular orasidagi bellashuvlar chempionatning eng qiziq va kutilgan bahslari sifatida e’tirof etilmoqda.

XV Osiyo chempionati bahslari Tojikistonning «Varzish TV» telekanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatilmoqda. Shuningdek, musobaqa jarayonlari Tojikiston, O‘zbekiston, Rossiya, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Koreya Respublikasining markaziy telekanallari hamda axborot platformalari orqali keng yoritilmoqda.

📺Kurash muxlislari chempionat bellashuvlarini YouTube platformasi Xalqaro Kurash assotsiatsiyasining rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ham jonli kuzatishlari mumkin.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting