locale OZ

Kurash. XV Osiyo chempionatining birinchi kun g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing

Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida davom etayotgan kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi XV Osiyo chempionatining birinchi kun bellashuvlari yakunlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash. XV Osiyo chempionatining birinchi kun g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing
photo: Kurash Uzbekistan

XV Osiyo chempionatining birinchi kun g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing

Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida davom etayotgan kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi XV Osiyo chempionatining birinchi kun bellashuvlari yakunlandi.

Kun davomida erkaklar o‘rtasida -60 kg, -66 kg, -73 kg va -81 kg, ayollar o‘rtasida esa -70 kg, -78 kg, -87 kg va +87 kg vazn toifalarida medallar uchun bahslar bo‘lib o‘tdi.

Ayniqsa, final uchrashuvlarida mezbon Tojikiston va Kurash vatani O‘zbekiston vakillari ishtirokidagi bellashuvlar minglab muxlislarning qizg‘in qo‘llab-quvvatlashi va tinimsiz olqishlari ostida kechdi.

Yuqori mahorat, kuchli iroda va murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan bahslar yakunida chempionatning birinchi kun g‘olib va sovrindorlari nomi ma’lum bo‘ldi.

XV Osiyo chempionati bahslarining ikkinchi kuni bugun davom etmoqda. Chempionatning ikkinchi kunida yana 8 ta vazn toifalari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi hamda jamoaviy hisobda chempionlik uchun kurash yanada qizg‘in tus olishi kutilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting