Kurash. XV Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi
XV Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi.
Unda Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi Bosh kotibi Reza Nassiri, Administratsiya rahbari Mansur Mirzayev hamda Tojikiston Kurash federatsiyasi vitse-prezidenti Axtam Kokirov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida 2026 yil 11–15 iyun kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi XV Osiyo chempionatiga tayyorgarlik bilan bog‘liq tashkiliy va texnik masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, musobaqa bellashuvlari o‘tkaziladigan Dushanbe Tennis Palace and Water Sport Complex majmuasining tayyorgarlik holati, arenani xalqaro talablar asosida jihozlash, ishtirokchi delegatsiyalarni kutib olish, mehmonxonalarga joylashtirish va transport logistikasini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, chempionat dasturi doirasida o‘tkaziladigan IKA xalqaro hakamlar seminari, 1–2 yulduzli hakamlik imtihonlari hamda Osiyo Kurash konfederatsiyasi Kongressiga oid tashkiliy jihatlar yuzasidan ham fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida musobaqani yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi vazifalar belgilab olindi.