Kurash. Xitoy Taybeyda Osiyo o‘yinlari uchun saralash musobaqasi o‘tkazildi
Xitoy Taybeyda Osiyo o‘yinlari uchun saralash musobaqasi o‘tkazildi
9 fevral kuni Xitoy Taybey Kurash federatsiyasi tomonidan 2026 yil Yaponiyaning Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari uchun vazn toifalari bo‘yicha rasmiy saralash musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur musobaqaning asosiy maqsadi – eng kuchli, texnik jihatdan puxta va yuqori tayyorgarlikka ega sportchilarni saralab olish hamda Osiyo o‘yinlarida mamlakat sharafini munosib himoya qiladigan nomzodlarni aniqlashdan iborat bo‘ldi.
Bellashuvlar yakunlariga ko‘ra, har bir vazn toifasida eng yaxshi natija qayd etgan uch nafar sportchi saralab olindi. Ular aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yana uchta qo‘shimcha baholash musobaqasida ishtirok etadi. Barcha bosqichlar yakuniga ko‘ra eng yuqori umumiy ball to‘plagan sportchilar 2026 yilgi Osiyo o‘yinlarida Xitoy Taybey terma jamoasi safida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Xitoy Taybey Kurash federatsiyasi barcha ishtirokchilarga fidoyilik va yuksak sport mahorati uchun minnatdorlik bildiradi.