locale OZ

Kurash. Xalqaro kurash instituti va Ruminiya kurash federatsiyasi hamkorlikni kengaytirmoqda.

Xalqaro kurash instituti, Yevropa kurash ittifoqi va Ruminiya kurash federatsiyasi hamkorligida amalga oshiriladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash. Xalqaro kurash instituti va Ruminiya kurash federatsiyasi hamkorlikni kengaytirmoqda.
photo: Kurash Uzbekistan

Xalqaro kurash instituti va Ruminiya kurash federatsiyasi hamkorlikni kengaytirmoqda.

Bugun 12 noyabr Xalqaro kurash instituti rektori Habibulla Tadjiyev Ruminiya kurash federatsiyasi prezidenti Naim Belgin hamda federatsiyaning maxsus loyihalar bo‘limi rahbari Klaudiya xonimni qabul qildi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi Ruminiyada kurash sportini yanada rivojlantirish, shuningdek kurash mutaxassislarining malakasini oshirish masalalari bo‘ldi.

Tomonlar joriy yil sentyabr kunlari Konstanta shahridagi "Qurultoy" festivali doirasida o‘tgan kurash musobaqalari va Xalqaro seminar tafsilotlarini muhokama qildilar. Festival madaniy almashinuv va kurash musobaqalarini muntazam o‘tkazilishi bilan ahamiyatlidir.

Shu bilan birga, kelgusi yilgi hamkorlik doirasida kurash musobaqalarini yanada takomillashtirish hamda Ruminiyada nafaqat mamlakat, balki Yevropaning ko‘plab davlatlari murabbiy va hakamlari uchun mo‘ljallangan yirik xalqaro malaka oshirish seminari o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Ushbu seminar Xalqaro kurash instituti, Yevropa kurash ittifoqi va Ruminiya kurash federatsiyasi hamkorligida amalga oshiriladi.

Janob Belgin IKI ekspertlarini jalb etish orqali bunday mahorat darslari kurashning ko‘hna qit’adagi rivojiga ulkan hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuv yakunida mehmonlar Xalqaro kurash assotsiatsiyasi qarorgohida joylashgan Kurash muzeyiga tashrif buyurdi. U yerda kurash sportining rivojlanish va taraqqiyot bosqichini namoyish etuvchi yorqin eksponatlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting