locale OZ

Kurash. V Xalqaro Osiyo Kubogi oldidan matbuot anjumani bo’lib o’tdi

Tadbir Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida bo'lib o'tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash. V Xalqaro Osiyo Kubogi oldidan matbuot anjumani bo’lib o’tdi
photo: Kurash Uzbekistan

Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan Kurash sport turi bo‘yicha V Xalqaro Osiyo Kubogi oldidan matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Unda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi texnik direktori Ravi Kapur va O’zbekiston kurash federatsiyasi raisi o’rinbosari Uyg’un Umarov hamda Xorazm viloyati prokurori o‘rinbosari X.Norqobilovlar ishtirok etishdi.

So’zga chiqqanlar, kuragi hech qachon yerga tegmagan afsonaviy shaxs, o‘zbek xalqining faxri – Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan ushbu nufuzli musobaqa yildan-yilga geografiyasi kengayib, ishtirokchi sportchilar uchun haqiqiy sinov maydoni, qiziqarli bellashuvlarni taqdim etayotganini e’tirof etib, barcha sportchilarga omad yor bo’lishini tiladi.

Musobaqada Turkiya, Hindiston, Janubiy Koreya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg’oniston davlatlaridan kelgan ekspert va hakamlar hamda 52 nafar eng kuchli kurashchilar bellashuvlarda ishtirok etishadi.

Ta’kidlanganidek, Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan turnir milliy merosimizni asrash, o‘zbek kurashining boy an’analarini kelajak avlodlarga yetkazish, xalqaro nufuzni oshirish, kurashni jahon sporti durdonasiga aylantirish va Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish, yoshlar o‘rtasida milliy sportga qiziqishni rag‘batlantirish va vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, Osiyo mamlakatlari o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting