Kurash. “UZBEK BOTIRLARI Grand Prix” xalqaro musobaqasi start olmoqda
Joriy yilning 28–30-may kunlari butun dunyo nigohi Namanganga qaratiladi.
Yangi Namangan tumanidagi Pahlavon sport majmuasida sportning yunon-rum va erkin kurash turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida an’anaviy “UZBEK BOTIRLARI Grand Prix” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli turnir bu yil uchinchi marotaba tashkil etilmoqda.
Rossiya, Belorusiya, Saudiya Arabistoni, Fransiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Gruziya davlatlaridan Osiyo hamda jahon chempionlari Namanganda jamlanishadi.
O‘zbekiston sharafini esa Razambek Jamalov, Umidjon Jalolov, G‘ulomjon Abdullayev, Sherzod Poyonov, Aytjan Xalmaxanov, Shermuhammad Sharibjanov hamda Alisher Gʻaniyev kabi taniqli sportchilar himoya qiladi.
Mazkur xalqaro musobaqa kunlari barcha sport muxlislarini Namanganda kutib qolamiz.