Kurash. U17 yoshlar va U15 o'smirlar terma jamoasining o‘quv-yig‘in mashg‘uloti yakuniga yetdi


Xorazm viloyatining Yangibozor tumanidagi Kurash mahorati maktabida Kurash bo‘yicha U17 yoshlar va U15 o'smirlar terma jamoasining o‘quv-yig‘in mashg‘uloti yakuniga yetdi. Bundan maqsad Janubiy Koreya davlatida bo‘lib o‘tadigan kattalar, yoshlar va o'smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishdan iborat.
O‘quv mashg‘uloti davomida O‘zbekiston Kurash federatsiyasi raisi o‘rinbosari Uyg‘un Umarov o'quv-yig'inida ishtirok etayotgan kurashchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida Terma jamoa a'zolariga O‘zbekiston Kurash federatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Odob-axloq kodeksi talablari, Antidoping talablari va oxirgi Jahon chempionatida aniqlangan doping holatlari bo'yicha ma'lumot berib o'tdi.
Shuningdek, keyingi o'quv-yig'in mashg'ulotlari joriy yilning 8-28 iyul oyida Angren shahrining Dukent sog'lomlashtirish sport kompleksida Kurash bo'yicha Terma jamoaning kattalar, yoshlar va o'smirlar o'rtasida to'liq tarkib bilan bo'lib o'tishini ma'lum qilib o'tdi.
Bundan tashqari Xorazm viloyati Prokuraturasi xodimlari, Xorazm viloyati kurash federatsiyasi ijrochi direktori Artik Palvanov, Qoraqalpog'iston Respublikasi kurash federatsiyasi ijrochi direktori Serik Qidirbayevich ham ishtirok etdi.
🇺🇿 Qoraqalpog'iston Respublikasida Kurash mahorat maktabi ochilayotganligi sababli Serik Qidirbayevich, Xorazm viloyati Kurash mahorat maktabini o'rganib, Artik Palvanov bilan o'zaro tajriba almashishdi.
🇰🇷 ❗️ O'quv-yig'in mashg'ulotlari Xorazm viloyati kurash federatsiyasi tomonidan yuqori saviyada tashkillashtirilgan bo'lib, unda 40 nafar Terma jamoaning 1-raqamli yoshlari va o'smirlari Janubiy Koreyada bo'lib o‘tadigan Kurash bo'yicha Osiyo Chempionatlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Futbol
Kecha da 15:55

Futbol
Kecha da 13:50

Futbol
Kecha da 10:19