locale OZ

Kurash. Toshkent shahridagi Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining majlislar zalida seminar o‘tkazildi

Seminarda Toshkent shahar kurash federatsiyasi, kurash murabbiylari va sportchilar faol ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash. Toshkent shahridagi Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining majlislar zalida seminar o‘tkazildi
photo: Kurash Uzbekistan

Toshkent shahridagi Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining majlislar zalida O‘zbekiston Kurash federatsiyasi tashabbusi bilan “Doping haqida tushuncha, sportchi salomatligiga salbiy ta’siri va oqibatlari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Toshkent shahar kurash federatsiyasi, kurash murabbiylari va sportchilar faol ishtirok etdi. Asosiy e’tibor joriy yilda milliy hamda xalqaro maydonlarda, ayniqsa kurash bo‘yicha ilk bor musobaqalarda qatnashadigan yosh va yangi sportchilarga qaratildi.

Seminarda antidoping qoidalarini chuqur o‘rgatish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, doping vositalaridan mutlaqo voz kechish tamoyillarini mustahkamlash, WADA talablari, qoidabuzarliklar uchun jiddiy sanksiyalar (diskvalifikatsiya, jarimalar, butunlay chetlatish) haqida aniq va ochiq tushuntirishlar berildi.

Federatsiya raisining sport masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Uyg‘un Umarov o‘z nutqida O‘zbekiston kurash federatsiyasi bugungi kunda milliy sport turini har tomonlama rivojlantirish, uning xalqaro maydondagi obro‘sini yuksaltirish yo‘lida katta ishlar qilmoqda. Sportchilarni yuqori darajada tayyorlash, zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, ustoz-murabbiy an’analarini davom ettirish orqali sportchilarning nafaqat musobaqalar oldidan tayyorgarligini oshirish, balki ularda doping bilan bog’liq har qanday holatning oldini olishdagi xabardorlikni oshirish ustuvor masala ekanligi ta’kidlandi.

Bu seminar nafaqat bilim berish, balki kurash oilasini yanada sof, halol va sog‘lom saqlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Chunki bugungi kunda sportda muvaffaqiyat faqat kuch va mahorat bilan emas, avvalo halollik va to‘g‘ri tanlov bilan erishiladi.
Seminar yakunida yosh sportchilar uchun xalqaro toifadagi murabbiylar tomonidan mahorat darslari ham tashkil etildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting