locale OZ

Kurash. Tailand Kurash assotsiatsiyasi Prezidenti qayta saylandi

Kun tartibidagi asosiy masala 2026–2030-yillar uchun Tailand Kurash assotsiatsiyasi prezidentini saylashdan iborat bo‘ldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash. Tailand Kurash assotsiatsiyasi Prezidenti qayta saylandi
photo: Kurash Uzbekistan

2026-yil 3-aprel kuni soat 14:30 da Tailandning Pathum Thani provinsiyasida joylashgan Tailand Milliy sport universiteti ofisida Tailand Kurash assotsiatsiyasining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda assotsiatsiya prezidenti Pulsak Sajjathamnukul raislik qildi. Kun tartibidagi asosiy masala 2026–2030-yillar uchun Tailand Kurash assotsiatsiyasi prezidentini saylashdan iborat bo‘ldi.

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, delegatlar tomonidan bildirilgan yakdil ishonch asosida Pulsak Sajjathamnukul yana bir bor Tailand Kurash assotsiatsiyasi Prezidenti lavozimiga qayta saylandi. Ushbu qaror assotsiatsiya a’zolarining uning rahbarligiga bo‘lgan yuqori ishonchi va Kurash sport turini Tailandda yanada rivojlantirish borasidagi olib borayotgan samarali faoliyatining e’tirofi sifatida baholanmoqda.

Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi Pulsak Sajjathamnukulni ushbu mas’uliyatli lavozimga qayta saylangani bilan samimiy muborakbod etadi. Uning kelgusi faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaydi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting