locale OZ

Kurash sport turi Afrika qitʼasida ham ommalashmoqda

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash sport turi Afrika qitʼasida ham ommalashmoqda
PHOTO: Telegram

Ayni kunlarda Kamerunning eng yirik shahri Duala Afrikadagi kurashni rivojlantirish markaziga aylandi. Ushbu shaharda “Arena & Academy by Francis Ngannou”da Xalqaro kurash instituti tomonidan Xalqaro kurash assotsiatsiyasi, Afrika Kurash ittifoqi va Kamerun kurash assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan xalqaro seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Afrika qit'asidan kurashchilarni birlashtirgan mazkur xalqaro seminarda tajribali murabbiy va hakamlar, Xalqaro kurash institutining yuqori malakali mutaxassislari: Ravi Kapur, Vohid Pouresfandiyar, Rizomat Soliyev, Nuriddin Chorshamiyevlar tomonidan kurash sport turi bo‘yicha amaliy hamda nazariy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Aytish joizki, mazkur xalqaro seminarda 25 dan ortiq ishtirokchilar munozaralar va amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib, bevosita kurash bo‘yicha yetakchi ekspertlardan qimmatli tushunchalarga ega bo‘lmoqda. Bu esa butun Afrikada kurashning o'sishi va ommalashishiga xizmat qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting