locale OZ

Kurash. Singapur Kurash federatsiyasida yangi rahbariyat saylandi

Yangi tuzilmaga ko‘ra, Muhammad Azfar bin Ali Federatsiyaning Bosh kotibi lavozimida faoliyat boshladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash. Singapur Kurash federatsiyasida yangi rahbariyat saylandi
photo: Kurash Uzbekistan

Singapurda mamlakat sport boshqaruvi va Singapur Kurash federatsiyasi ishtiroki bilan navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda federatsiyaning ijroiya qo‘mitasi qayta shakllantirildi.

Uzoq yillar davomida Federatsiya Prezidenti sifatida faoliyat yuritgan janob Tan Chee Kongga samarali faoliyati uchun minnatdorchilik bildirildi.
Qat’iy ovoz berish natijasiga ko‘ra, xalqaro moliya va menejment sohasida ko‘p yillik tajribaga ega, shu vaqtgacha federatsiya Bosh kotibi sifatida ishlab kelgan Lim Alvin Singapur Kurash federatsiyasi Prezidenti etib saylandi.

Yangi tuzilmaga ko‘ra, Muhammad Azfar bin Ali Federatsiyaning Bosh kotibi lavozimida faoliyat boshladi.

Yig‘ilish doirasida Federatsiyaning yangi logosi ham rasman tasdiqlandi. Shuningdek, muhokamalar jarayonida Singapurda Kurash sportni yanada rivojlantirish, milliy chempionatlarni muntazam tashkil etish va xalqaro musobaqalarda davlat terma jamoasining ishtirokini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi va butun Dunyo Kurash oilasi Singapur Kurash federatsiyasining yangi rahbariyatini tabriklaydi va ularga faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaydi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting