locale OZ

Kurash. Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo chempionatining qizlar bellashuvlari yakunlandi

Taipei Gymnasium sport majmuasida chempionatning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash. Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo chempionatining qizlar bellashuvlari yakunlandi
Photo: gettyimages

2025 yil 30 sentyabr kuni Xitoy Taypeining Yangi Taypei shahrida Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo chempionatining birinchi kungi bellashuvlari o‘tkazildi. Dasturga muvofiq, musobaqalar ayollar o‘rtasidagi barcha vazn toifalarida tashkil etildi: -48 kg, -52 kg, -57 kg, -63 kg, -70 kg, -78 kg, -87 kg va +87 kg.

Taipei Gymnasium sport majmuasida chempionatning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda IKA Bosh kotibi Muhammad Reza Nassiri, Xitoy Taypei Milliy Olimpiya qo‘mitasi va sport vazirligi vakillari so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladilar. Ular kurash musobaqasi nafaqat iqtidorli sportchilarni aniqlash, balki xalqlar o‘rtasida do‘stlik va madaniy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilayotganini ta’kidladilar.

Ochilishdan so‘ng milliy kuy va raqslar ijrosi sport bayrami kayfiyatini yanada chuqurlashtirdi.

Birinchi kungi bellashuvlar keskin va murosasiz ruhda kechdi. G‘olib va sovrindor sportchilar medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Ertaga chempionatning ikkinchi kuni dasturi doirasida erkaklar barcha vazn toifalari bo‘yicha bellashuvlar start oladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting