Kurash. Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo chempionati Taybey shahrida boshlandi
Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo chempionati Taybey shahrida boshlandi
Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari Kurash federatsiyalari delegatsiyalari Xitoy Taybeiga yetib kelishdi.
Bugun Yangi Taybey shahrida Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi (IKA) xalqaro murabbiylik seminari boshlandi. Seminarni IKA Bosh kotibi Muhammad Reza Nassiri raxbarligida, IKA Administratsiya rahbari Mansur Mirzayev, IKA sport komissiyasi a’zosi Juan Dae Wei, IKI ekspertlari Rizamat Soliyev va Olim Ravshanov o‘tkazmoqda.
30 nafarga yaqin murabbiylar ishtirok etayotgan seminar “Kurash Usul” dasturi asosida olib borilmoqda. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar ishtirokchilarning kasbiy malakasini oshirish hamda zamonaviy tajribalar bilan o‘rtoqlashishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Seminar chempionat haftasiga rasmiy start berdi va mintaqa kurash mutaxassislari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va tajriba almashuvi uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ertaga hakamlik bo‘yicha seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.