locale OZ

Kurash seminari ishtirokchilari sertifikatlar bilan taqdirlandi

Bu an’anaviy mehmondo‘stlik sahnasi ularga milliy taom va madaniyat muhitini his etish imkonini berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash seminari ishtirokchilari sertifikatlar bilan taqdirlandi
photo: Kurash Uzbekistan

Xalqaro Kurash institutining uch oylik onlayn kursining yakuniy amaliy bosqichida ishtirok etayotgan xalqaro mutaxassislar uchun Toshkent shahrida qiziqarli madaniy tadbirlar o‘tkazildi.

Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar dastlab milliy osh — o‘zbek palovidan bahramand bo‘lishdi. Bu an’anaviy mehmondo‘stlik sahnasi ularga milliy taom va madaniyat muhitini his etish imkonini berdi.

Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari Olimpiya Shon–shuhrat muzeyiga tashrif buyurib, o‘zbek sporti tarixiga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Muzeyda Kurash uchun ajratilgan alohida bo‘lim ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi va ularda faxr tuyg‘usini uyg‘otdi.

Navbatdagi manzil esa Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi shtab-kvartirasi hamda unda joylashgan Kurash muzeyi bo‘ldi. 2012 yilda tashkil etilgan ushbu muzeyda 1000 dan ortiq eksponat — xalqaro musobaqalar medallari, diplom va kuboklar, shuningdek, kurash rivoji yo‘lidagi muhim voqealarni yorituvchi tarixiy materiallar o‘rin olgan.

Kechga yaqin kurs ishtirokchilari uchun sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi Bosh kotibi Muhammad Riza Nassiri, Administratsiya rahbari Mansur Mirzayev, Xalqaro Kurash instituti rektori Habibulla Tadjiyev va xalqaro ekspertlar ishtirok etdilar.

Endi kurs bitiruvchilari o‘z mamlakatlariga qaytib, xalqaro toifadagi kurash murabbiylari sifatida o‘z bilim va tajribalarini yosh avlodga ulashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting