locale OZ

Kurash rivoji yangi bosqich sari: Toshkentda muhim matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Prezident qarori ijrosi muhokama qilindi, kurashning CISM rasmiy dasturiga kiritilishi rejalashtirilmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Bugun, 19 iyun kuni Toshkentdagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori ijrosiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Anjumanda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidenti va vitse-prezidentlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Bosh prokuratura, Sport vazirligi mas’ullari, shuningdek, Xalqaro harbiy sport kengashi (CISM) hamda bir qator xorijiy kurash federatsiyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Ushbu matbuot anjumani — Prezident qarorida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri hisoblanadi.

Qarorga muvofiq, 2026 yil davomida kurash sport turini Xalqaro harbiy sport kengashi — CISMning rasmiy sport dasturiga kiritish maqsad qilingan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting