locale OZ

Kurash. Qizlarimizdan — munosib natijalar

Ortga qolgan kunda O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar a’zosi Osiyo chempionatida medallar uchun kurash olib bordi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash. Qizlarimizdan — munosib natijalar
photo: Kurash Uzbekistan

Ortga qolgan kunda O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar a’zosi Osiyo chempionatida medallar uchun kurash olib bordi. Quvonarlisi, to‘rt nafar qizimizning barchasi o‘z chiqishlarini ishonchli tarzda o‘tkazib, g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Xususan, Ziyoda Xudoyqulova yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatidan so‘ng, Osiyo chempionatida ham medal qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Marjona Abdumutalova esa o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatidan so‘ng, yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ham shohsupadan joy olib, o‘z medallari safini yana bir sovrin bilan boyitdi.

14 yoshli Munisa Boltayevaning chiqishlari esa muxlislar va mutaxassislarning olqishiga sazovor bo‘ldi. U Zarina Abdullahakova bilan birgalikda o‘zi uchun ilk xalqaro musobaqadayoq shohsupadan joy olib, katta salohiyatga ega ekanini namoyish etdi.

Darhaqiqat, ushbu muvaffaqiyatlar ortida “kadr ortidagi qahramonlar”, aniqrog‘i, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi murabbiylarining mehnati va hissasi katta. Sportchilarimizning har bir muvaffaqiyati ortida murabbiylarning mashaqqatli mehnati, puxta tayyorgarligi va to‘g‘ri strategiyasi mujassam.

Shu tariqa, hozircha terma jamoamiz Osiyo chempionatida 12 ta medal qo‘lga kiritgan bo‘lsa, shundan 11 tasi qizlarimiz hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Musobaqalar tobora qizg‘in va shiddatli tus olmoqda. Oldinda esa hali ko‘plab muhim bahslar va yangi medallar uchun kurashlar bor!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting