locale OZ

Kurash. Qirg‘iziston chempionlari nomi aniqlandi

Bishkek shahridagi “Gazprom” sport majmuasida kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida Qirg‘iziston chempionati yuqori saviyada tashkil etildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash. Qirg‘iziston chempionlari nomi aniqlandi
photo: Kurash Uzbekistan

Bishkek shahridagi “Gazprom” sport majmuasida kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida Qirg‘iziston chempionati yuqori saviyada tashkil etildi. Musobaqada mamlakatning 8 ta viloyati, shuningdek Bishkek va O‘sh shaharlaridan tashrif buyurgan 400 nafarga yaqin kurashchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Qirg‘iziston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport agentligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Noolimpiya sport turlari direksiyasi hamda Qirg‘iziston Kurash federatsiyalari hamkorligida o‘tkazilgan mamlakat chempionati bu yil ham murosasiz va qiziqarli bellashuvlarga boy tarzda kechdi.

Tantanali ochilish marosimida mamlakat sport rahbarlari, O‘zbekistonning Bishkek shahridagi elchixonasi vakillari, sport faxriylari, murabbiylar, sportchilar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Shuningdek, bellashuvlarni xalqaro talablar asosida yuqori saviyada boshqarib borish maqsadida O‘zbekiston Kurash federatsiyasining bir guruh tajribali hakamlari ham chempionatda ishtirok etib, qirg‘izistonlik hamkasblariga amaliy yordam ko‘rsatishdi.

Kun davomidagi keskin va shiddatli bahslar yakuniga ko‘ra, barcha vazn toifalarida chempion va sovrindorlar nomi aniqlandi. G‘oliblarga diplom, medal hamda tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur chempionat yakunlariga ko‘ra shakllantiriladigan Qirg‘iziston milliy terma jamoasi a’zolari kelgusida xalqaro musobaqalarda mamlakat sharafini himoya qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting