Kurash. Panagyurishte Yevropa chempionatiga shay
Panagyurishte Yevropa chempionatiga shay
14–17 sentyabr kunlari Bolgariyaning Panagyurishte shahrida o‘tkaziladigan kattalar, yoshlar va o’smirlar o‘rtasidagi Yevropa Kurash chempionati bo’lib o’tadi. Ayni vaqtda chempionatga tayyorgarlik ishlari yakuniy bosqichga kirdi.
Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi Administratsiyasi rahbari Mansur Mirzayev musobaqada ishtirok uchun Panagyurishte shahriga yetib bordi.
Yevropa Kurash Konfederatsiyasi Prezidenti Mirampe Iliades, Bolgariya Kurash Federatsiyasi Prezidenti Dimitr Dimitrov hamda Tashkiliy qo‘mita vakillari ishtirokida sport majmuasi, ishtirokchilar joylashtiriladigan mehmonxonalar va boshqa infratuzilma obyektlari ko‘zdan kechirildi.
Yevropaning turli mamlakatlaridan delegatsiyalar Bolgariyaga yetib kelmoqda. Chempionatda 20 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.