locale OZ

Kurash. O‘zbekiston kurash federatsiyasi tomonidan o‘quv-mashg‘ulot yig'inlari tashkillashtirildi

6-19 may kunlari Toshkent viloyatining Angren shahridagi Dukent sport bazasida kurash sporti bo‘yicha terma jamoa o‘quv-mashg‘ulot yig'inlari bo’lib o’tmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash. O‘zbekiston kurash federatsiyasi tomonidan o‘quv-mashg‘ulot yig'inlari tashkillashtirildi
photo: Kurash Uzbekistan

Kurash bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi sportchilarini xalqaro maydonlarda yuqori natijalarga erishishlari uchun O‘zbekiston kurash federatsiyasi tomonidan o‘quv-mashg‘ulot yig'inlari tashkillashtirildi.

Jumladan, joriy yilning 6-19 may kunlari Toshkent viloyatining Angren shahridagi Dukent sport bazasida kurash sporti bo‘yicha terma jamoa o‘quv-mashg‘ulot yig'inlari bo’lib o’tmoqda. Bunda O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan birgalikda Xitoy Taypey davlati sportchilari ham o'quv-mashg'ulot o'tashmoqda.

Kurash bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zolari joriy yilning 22-25 may kunlari Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahrida bo’lib o’tadigan Osiyo kubogi hamda 2026 yilning 11-15 iyun kunlari Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida bo’lib o’tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko’rmoqda.


Terma jamoa murabbiylari Rizamat Soliyev boshchiligida sportchilarga kurashning sir-asrorlarini o’rgatishmoqda. Jumladan, sportchilar bilan muntazam mashg’ulotlar olib borish, ularga kurashning texnik xusisiyatlari borasida ham saboqlar berilmoqda. Shuningdek, ularga terma jamoa shifokori Shohruhxo’ja Azizov antidoping masalalarida tushunchalar berib, vitaminlardan to’g’ri foydalanish bo’yicha tavsiya hamda psixologik maslahatlar berib kelmoqda.

Shu bilan birga bir haftalik o’quv-mashg’ulot yig'inlari hamda seminarlarda ishtirok etgan bir guruh Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi tizimidagi sportchilarga federatsiyaning sertifikatlari topshirildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting